Xitoyda antiqa tomsha g‘ildiragi ishga tushdi

Obuna bo‘lish
Balandligi 145 metr bo‘lgan ushbu tomosha g‘ildiragining markazida o‘qi yo‘q. G‘ildirik atrofida 36 ta tomosha kabinalari o‘rnatilgan.

TOShKENT, 28 may — Sputnik. Xitoyning Shandun viloyatidagi Veyfan shahrida antiqa tomosha g‘ildiragi ishga tushdi. Unda bir vaqtning o‘zida 360 kishi tomosha qilishi mumkin. 36 kabinaning har birida WiFi va ekran o‘rnatilgan.

Ushbu attraksionni boshqalardan ajratib turaigan jihati — uning markazida o‘qi yo‘qligidir. Undan tashqari g‘ildirak ikki taraflama avtomobil trassasi o‘tgan ko‘prikning o‘rtasiga o‘rnatilgan. Tomosha g‘ildiragi bir marotaba aylanishi uchun 28 daqiqa kerak bo‘ladi.

Dunyoda eng balan tomosha g‘ildiraklari Las-Vegasdagi High Roller v (167 metr), Singapurdagi Flyer (165 metr) hamda Xitoydagi Star of Nanchang (160 metr). Lekin aytib o‘tilgan g‘ildiraklarning barchasining spitsalari va o‘qi bor.

Yangiliklar lentasi
0