Putin Bolalik dekadasini e’lon qildi

© AFP 2023 / DAVID EBENERDeti s morojenim
Deti s morojenim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin farmoniga ko‘ra, Rossiyada bolalikning o‘n yilligi 2018-yildan 2027-yilga qadar davom etadi.

TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya prezidenti farmoniga ko‘ra, 2018-2027 yillarda Rossiyada bolalikning o‘n yilligi e’lon qilindi, prezident rasmiy internet-portali xabariga ko‘ra.

"2012-2017 yillarda bolalar manfaatlari bo‘yicha Milliy strategiyasini bajarish borasida erishilgan ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda, bolalikni himoya qilish borasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish maqsadida, 2018-2027 yillar Rossiya Federatsiyasida Bolalik o‘n yilligi e’lon qilinadi" — deyilgan farmonda.

Rossiya prezidenti 3 oy muddat ichida 2020-yilga qadar bolalikning o‘n yilligi doirasida amalga oshiriladan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash bo‘yicha Hukumatga topshiriq berdi.

Ushbu farmon 2017-yil 29-may kunidan kuchga kiradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0