GM Uzbekistan avtomobil sotishni vaqtincha to‘xtatdi

© Commons.wikimedia / OoppdkLogotip torgovoy marki "Shevrole"
Logotip torgovoy marki Shevrole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inventarizatsiya yakunlangandan so‘ng, to‘langan shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berishda davom etishi aytib o‘tilgan.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekistonning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi GM Uzbekistan bugundan boshlab 31-mayga qadar avtomobillarni xaridorlarga topshirishni vaqtincha to‘xtatdi.

"DjiEm O‘zbekiston" AJ tomonidan avtomobillar qoldiqlarini inventarizatsiya qilinishi munosabati bilan, 2017-yilning 29-mayidan 31-mayigacha yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni berish vaqtinchalik to‘xtatiladi”, — deyilgan kompniya rasmiy xabarida.

Xabarda, shuningdek, inventarizatsiya yakunlangandan so‘ng, to‘langan shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni, tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan narxlarda yetkazib berish amalga oshirilishi ham aytib o‘tilgan. Shartnomada ko‘rsatilgan narxning 85%i yoki undan ko‘proq qismi to‘langan hollarda, avtomobil narxi to‘langan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin, O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan, GM Uzbekistan avtomobillari 1-iyundan boshlab ichki bozorda so‘mga sotilishi e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0