Toshkent viloyatida 1000 tonnalik sovutgich kameralar paydo bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishV xolodilnoy kamere
V xolodilnoy kamere - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident tomonidan tasdiqlangan loyiha, Koreya hukumatining 3,5 mln dollarlik granti asosida Agroinnovatsiya korxonasi tarkibida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Toshkentning Yuqorichirchiq tumanida umumiy hajmi 1000 tonna bo‘lgan zamonaviy sovutgich kameralar qurib ishga tushiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi zamonaviy sovutgich kameralar Toshkent viloyatining tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatadi. Ushbu loyiha Janubiy Koreya hukumati tomonidan ajratilgan 3,5 mln dollar grant asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida, shuningdek, o‘zbek tadbirkorlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari mahsulotlarni sovutgichlarda saqlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tishadi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan maxsus sovutgich kameralar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli bo‘lgan Agroinnovatsiya korxonasi tarkibida paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, grantlar hisobiga sotib olinayotgan maxsus asbob-uskunalar, jumladan sovutgichlar ham bojxona va boshqa soliqlardan ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0