TOShKENT, 28-may – Sputnik. Samarqandda yaqinda ishga tushgan tramvay bugun ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylandi.
Katta tezlikda harakatlanayotgan tramvay simog‘ochni urib yuborgan. Kuchli zarbadan simog‘och qulab yonboshiga qulab tushgan. Xayriyat, ushbu hodisada hech kim jabrlanmagan. Simog‘och yo‘l chetida turgan neksiya avtomobilining yukxonasi ustiga qulagan. Tramvayning o‘zi esa, relsdan chiqib ketgan.
Bu qanday sodir bo‘lishi mumkin? Simog‘och tramvayning yo‘liga yugurib chiqmagandir axir?!
Facebookdagi samarqandliklar guruhi a’zolari xabariga ko‘ra, shahardagi tramvay haydovchilari yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasdan katta tezlikda harakat qilishi, rulni boshqarayotib telefon orqali suhbatlashishi haqida shikoyat qilgan. Guvohlari aytishiga ko‘ra, ushbu voqea vaqtida ham, tramvay juda katta tezlikda harakatlanib, muyulishda «drift» manyovri amalga oshirayotib izidan chiqib ketgan va simog‘ochga borib urilgan.
Facebookdagi samarqandliklar guruhi va daryo.uz xabariga asosan.