TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining bugun bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida mamlakat IIV rahbarining parlamentga bir yilda ikki marta hisobot berishi haqidagi qonunchilik talabi tasdiqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, bundan buyon O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bir yilda ikki marta Oliy Majlis Senatiga hisobot beradi.
Vazirning hisoboti jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘z ichiga oladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.