TOShKENT, 27-may — Sputnik. "Parvoz vositalariga yonilg‘i-moylash materiallari xizmati ko‘rsatish" texnik yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘qishga taklif etiladi, o‘qish muddati 2-yilu 10 oy. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tanlovda Nukus, Toshkent va Navoiy shaharlarida yashovchi, o‘rta maxsus (texnik), kasb-hunar (texnik) ma’lumotiga ega bo‘lgan yigitlar qatnashishi mumkin.
Abituriyentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
— o‘qishga kirish vaqtida yoshi 18-25da bo‘lishi.
— davlat tili va rus tilida erkin so‘zlashishi hamda ingliz tilini matnlarni o‘qish va tarjima qilish darajasida bilish.
— ishbilarmonlik, axloqiy sifatlarga ega bo‘lishi, yuksak ijrochilik qobiliyati va o‘qish joyida tartib-intizomga rioya qilgan bo‘lishi.
Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘ladi.
Hujjatlar 2017-yilning 20-iyunidan 15-iyuliga qadar qabul qilinadi. Suhbat kuni shu yilning 20-iyuliga mo‘ljallangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.