TOShKENT, 27-may — Sputnik. Joriy yil 2-iyundan 25-avgustgacha Samarqand-Ostona yo‘nalishida yangi 451/452-sonli poyezd xarakatlanishni boshlaydi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ saytida xabar berildi.
Xabarda bildirilishicha, poyezdning Samarqanddan jo‘nash vaqti soat 03:46 da va Toshkentdan soat 08:20 da juma kunlari, Ostonadan soat 19:16 shanba kunlari amalga oshiriladi.
Ilgariroq 2017-yilning 27-may kunidan 28-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qatnovchi poyezd chiptalari uchun chegirmalar joriy etilgani haqida xabar qilingandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.