Qonunchilik palatasi o‘zini-o‘zi o‘ldirishga undash bo‘yicha qonun loyihasini ko‘rib chiqdi

© Gazeta.uzZdanie senata Respubliki Uzbekistan
Zdanie senata Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur yangi qonun loyihasi talablariga asosan o‘zini-o‘zi o‘ldirishga undagan shaxs 5-yilga, agar mazkur harakatlarni voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilsa 10-yilga qamaladi

TOShKENT, 26-may — Sputnik.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi internet tarmog‘idan foydalangan holda o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash uchun javobgarlik belgilash bo‘yicha Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqdi. Bu haqda parlament palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Qonunchilik palatasi tomonidan Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga kiritilgan", deyilgan xabarda.

Geymeri - Sputnik O‘zbekiston
Rasman: O‘zbekistonda "Ko‘k kit" oqibatida jabrlanganlar yo‘q

Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qonun talablariga asosan O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha modda kiritilib, o‘zini-o‘zi o‘ldirishga undaganlik, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish natijasida shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘ziga suiqasd qilgan bo‘lsa ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, mazkur harakatlarni voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilsa — yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘smirlarni o‘z joniga qasd qilishgacha olib boradigan "Ko‘k kit" deb nomlangan virtual o‘yin tarqalgan edi, deb yozadi RIA Novosti.

Toshkent shahar ichki ishlar idoralari olib borgan tadbirlar davomida o‘quvchi-yoshlarning uyali telefon apparati tekshirilganda, 36 nafar o‘smir virtual "o‘lim guruhi"ga jalb qilinganligi aniqlangandi. Hozirda voyaga yetmaganlar o‘rtasida bunday salbiy holatlarning oldini olish borasida barcha ta’lim muassasalarida "davomat" tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0