O‘zbekistonda 2017-yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Obuna bo‘lish
Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi

TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi 2017-yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarorini e’lon qildi. Qaror matni O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portalida berilgan.

V namaze v mecheti Xazrati Imam prinyali uchastie bolee 50 tis veruyushix - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 27-maydan Ramazon oyi boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2017-yil uchun ZAKOT nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 185 000 (bir yuz sakson besh ming) so‘m ekanligini e’tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 15 725 000 (o‘n besh million yetti yuz yigirma besh ming) so‘m ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya’ni 393 125 (uch yuz to‘qson uch ming bir yuz yigirma besh) so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi miqdor ma’qullandi.

Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

(Masalan 2017-yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug‘doyning narxi o‘rtacha 3000 so‘m bo‘lsa, demak 2 kg. bug‘doy narxi 6000 so‘m bo‘ladi).

Bu yilgi Fidya miqdori doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12000 (o‘n ikki ming) so‘m deb belgilandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0