ShHTning Ostonadagi sammitida terrorizm va ekstremizmga qarshi hujjatlar imzolanadi

Obuna bo‘lish
2017 yil 8-9 iyun kunlari Ostonada bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida a’zo mamlakatlar xavfsizligini kuchaytiruvchi hujjatlar qabul qilinadi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. 2017-yil iyun oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida xavfsizlik sohasida hamkorlikni oshirish bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilinadi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko ma’lum qildi.

"2017 yil 8-9 iyun kunlari Ostonada ShHT sammitida halqaro terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha Konvetsiyalarining qabul qilinishi mintaqada xavfsizlik sohadagi hamkorligini yanada kuchaytiradi", — deb ta’kidladi Vasilenko

Eslatib o‘tamiz, ShHT — xalqaro mintaqaviy tashkilot bo‘lib, 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan. 2016-yil iyun oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan sammitda ShHTga Hindiston va Pokistonning kirishi to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Ayni vaqtda Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston ShHT kuzatuvchi davlatlari bo‘lsa, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka muloqot bo‘yicha hamkor maqomiga ega bo‘lgan mamlakatlardir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0