O‘zbekiston va Avstraliya yangi bitimlar imzolashadi

© Wikipedia / DO'NeilFlag Avstralii.
Flag Avstralii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
24 may kuni Toshkentda O‘zbekiston va Avstraliya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Ushbu yilning 24-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Avstraliya Tashqi ishlar va savdo vazirligi Janubiy va G‘arbiy Osiyo Departamenti boshqarmasi direktori Jeyms Xoll boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, TIV matbuot xizmati xabariga asosan.

Ikki mamlakat vakillari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga urg‘u bergan holda O‘zbekiston — Avstraliya kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishdi.

Shu bilan birga, delegatsiyalar munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish masalalari, jumladan tomonlar ko‘rib chiqayotgan "Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi" va "Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi" hukumatlararo shartnomalar loyihalari yuzasidan ham fikr almashishdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0