Moskvada ID terrorchilar guruhi qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Terrorchilar guruhi “Islom davlati”ga mansub bo‘lib, teraktdan keyin ular Suriya hududiga jo‘nab ketmoqchi bo‘lishgan.

TOShKENT, 25-may – Sputnik. Moskvada transportda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan to‘rt nafar terrorchi guruh qo‘lga olindi. Guruh tarkibiga Rossiya va O‘rta Osiyo fuqarolari kirgan, deb xabar qilmoqda Rossiya FSBsi.

Terrorchilar guruhi “Islom davlati”ga mansub bo‘lib, Suriya hududidan turib boshqarilgan. Terakt amalga oshirganidan keyin ular Suriyaga borib ID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan.

Qo‘lga olingan terrorchilar turar joyida o‘tkazilgan tintuv natijasida u yerdan portlovchi moslamalar  ishlab chiqaruvchi labaratoriya topilgan. Undan tashqari ishlatishgan tayyor bo‘lgan, turli temir bo‘laklari bilan to‘ldirilgan portlovchi moslama, o‘qotar avtomatik qurollar, granatalar hamda ekstremistik mavzudagi adabiyotlar ham topilgan.

Yangiliklar lentasi
0