Jon Kerri talabalarga rus tilini o‘rganishni maslahat berdi

© Alex Brandon / POOL / AFPBivshiy gossekretar SShA Djon Kerri
Bivshiy gossekretar SShA Djon Kerri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning fikriga ko‘ra, rus tilini o‘rganish talabalarga AQSh rahbariyatiga ta’sir qilishga yordam beradi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Garvard universiteti qoshidagi Kennedi nomli maktab tinglovchilariga Keri so‘zlangan nutqidan ko‘chirmani Politico nashri e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

"Mendan doim so‘rashadi — hukumatga aniq ta’sir qilish uchun qanday sir bor? Men, hozirgi AQSh Oq uy ma’muriyati davrida, rus tilini o‘rganish kerak deb javob bergan bo‘lar edim", — dedi Kerri.

Eslatib o‘tamiz, Barak Obama prezidentlik vaqtida AQSh davlat kotibi bo‘lgan Jon Kerri, bir necha bor Moskvani AQSh prezidentlik saylovlariga ta’sir etganlikda ayblagan edi. Kerrining ushbu maslahati ham Tramp ma’muriyati tomon otilgan navbatdagi "tosh"dan boshqa narsa emas.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0