Lola va Tatyana Karimovalar ishchi tashrif bilan Moskvaga kelishdi

Obuna bo‘lish
Ular Moskvada britaniyalik taniqli haykaltarosh Pol Dey bilan Islom Karimov xiyoboni loyihasini muhokama qilishdi

TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onasi Tatyana Karimova bilan birgalikda Moskvaga tashrif buyurgani haqida ma’lum qildi.

"Hozirda ijodiy guruhimiz bilan Moskvadamiz. O‘tgan yilning noyabr oyida Islom Karimov nomi berilgan Moskva markazidagi xiyobon va haykalning loyihasini Moskva shahar boshqaruv organlariga taqdim etish uchun tashrif buyurdik.

Bu loyiha ustida ish olib borish biz uchun juda katta sharaf va mas’uliyatdir. Mazkur xiyobon shaharning chiroyli joylaridan biri bo‘lib qolishini istaymiz. Shu sababli ushbu loyiha ustida ish olib borishga Londonning chinakam bezagi bo‘lmish "Britaniya uchun jang" monumental inshooti, Qirolicha-ona haykali hamda Londonning Sent-Pankras stansiyasidagi "Uchrashuv joyi" bronza haykalini yaratgan mashhur angliyalik haykaltarosh Pol Deyni taklif etdik. Uning so‘nggi san’at asari "Iroq va Afg‘onistondagi urushlar" memorial yodgorligi 2017-yilning mart oyida Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II tomonidan tantanali ochilgan.

Moskva shahridagi loyiha ustida ishlar ekanmiz, ushbu xiyobon ko‘p yillardan keyin ham moskvaliklar va turistlar uchun o‘z jozibasini saqlab qolishiga alohida urg‘u berdik.

For English see comments' section below⬇️ O‘zbek tilida quyidagi sharhda o‘qing⬇️ Na foto: Lola Karimova-Tillyayeva i Tatyana Karimova, skulptor Pol Dey i drugie chleni rabochey gruppi, sozdannoy fondom I. Karimova, vstrechayutsya so storonoy moskovskix kompetentnix v etom voprose organov. Na sleduyushix foto — raboti skulptora Pola Deya, vistavlennie v Londone. Mi naxodimsya v Moskve s moyey tvorcheskoy gruppoy v rabochey poyezdke dlya togo, chtobi predstavit Moskovskim organam upravleniya proyekt pamatnika Islamu Karimovu i skvera, nazvannogo v yego chest v noyabre proshlogo goda. Eto ogromnaya chest i otvetstvennost dlya nas rabotat nad etim proyektom. Mi xotim, chtobi eto mesto stalo ukrasheniyem goroda. Poetomu mi priglasili dlya raboti nad etim proyektom kultovogo angliyskogo skulptora Pola Deya, sozdavshego takie raboti, kak monumentalnoe soorujenie «Bitva za Britaniyu», monument Koroleve-materi, znamenituyu bronzovuyu statuyu «Mesto vstrechi» na stansii Sent-Pankras, schitayushiyesya po pravu ukrasheniyem Londona. Yego poslednyaya rabota, memorialniy pamatnik «Voyni v Irake i Afganistane» bil torjestvenno otkrit v marte 2017 g. Korolevoy Velikobritanii Yelizavetoy II. Mi popitalis razrabotat proyekt pamatnika i skvera v Moskve tak, chtobi cherez mnogie godi eto mesto ostavalos interesnim dlya gorojan i mnogochislennix turistov Moskvi. Mi poka ne razglashayem proyekt svoix rabot shirokoy obshestvennosti, tak kak schitayem, chto luchshe vse uvidet svoimi glazami togda, kogda eto budet gotovo v sleduyushem 2018 godu. Xochu virazit ogromnuyu blagodarnost vsem, kto uchastvuyet v etom protsesse!⬇️

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) May 25 2017 v 12:30 PDT

Biz vaqtincha loyihamiz tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot bermayapmiz, sababi, 2018-yilda loyihamiz amalga oshganidan keyingina, uni keng omma e’tiboriga havola etmoqchimiz.

Mazkur loyihada ishtirok etayotgan barcha insonlarga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman", deb yozadi u.

Yangiliklar lentasi
0