TOShKENT, 24 maq — Sputnik. Buxoroda O‘zbekiston kuch tizimlarining maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Buxoro shahar ma’muriyati.
“Buxoro kuch tuzilmalari 23-may kuni Buxoro-1 temir yo‘l vokzalida aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Ssenariy bo‘yicha terrorchilar poyezd vagonlaridan birida fuqarolarni garovga olishgan”, — deyilgan ma’muriyat xabarida.
MXX, Mudofaa vazirligi, IIV va FVV maxsus bo‘linmalari, yuqori malaka namoyish qilib, qurollangan terrorchilarni zudlik bilan zararsizlantirishdi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida, shunigdek, turli tuzilma qutqaruvchilarining favqulodda vaziyatlarda o‘zaro muvofiq ravishda harakat qilishi mashq qilindi. Jabrlanganlar evakuatsiya qilindi va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Belgilangan vazifalar to‘liq bajarildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kabi o‘quv mashg‘ulotlari Andijon va Toshkentda ham bo‘lib o‘tgan edi.