O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritilmoqda

© StringerFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi kun tartibiga "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ba’zi moddalariga o‘zgartirishlar ko‘ritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi kiritildi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. 27-may kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.UZ nashri parlament yuqori palatasining matbuot xizmatiga asosan.

Yalpi majlisda senatorlar O‘zbekiston Asosiy qonunining (80, 93, 108 va 109-moddalar), ya’ni Prezident, Oliy Majlis Senati, sud hokimiyati vakolatlari hamda "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi Qonun va yana boshqa bir qator qonunlarga o‘zgartirish kiritish masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Kiritilayotgan o‘zgarishlar aynan qanday bo‘lishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yilning 8-dekabrida qabul qilingan. 2002-yilda Umumxalq referendumi natijasida Konstitutsiyaning  XVIII, XIX, XX, XXIII bo‘limlariga o‘zgarishlar kiritilgan.

Konstitutsiyaga, shuningdek 2003, 2007, 2008, 2011 va 2014-yillarda ham o‘zgarishlar kiritilgan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0