Rossiya Birinchi kanali samarqandlik ayol haqidagi serial namoyishini boshlaydi

© Instagram / rav_shanaRavshana Kurkova v seriale "A u nas vo dvore"
Ravshana Kurkova v seriale A u nas vo dvore - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ayolning Moskvadagi sarguzashtlari haqidagi "Bizning hovlimizda esa" seriali premyerasi 29-may kuni Rossiyaning Birinchi kanalida bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 24-may — Sputnik. 29-maydan Rossiyaning Birinchi kanalida Samarqanddan Moskvaga yo‘qolib qolgan erini izlab kelgan Mavluda ismli ayol haqidagi serial namoyishi boshlanadi.

Serialdagi bosh rollarni Rossiyada taniqli aktorlar Ravshana Kurkova ("Oshiq ayollar", "Cheksizlik") va Sergey Puskepalis ("Veraning urinishi", " Sevas uchun jang") ijro etishadi.

Serial sujetiga ko‘ra, Mavluda ismli ayol (Ravshana Kurkova) Samarqanddan Moskvaga yo‘qolib qolgan erini izlab keladi. U bu yerda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Unga erini qidirishda nafaqaga chiqqan va bekorchilikdan ichkilikka ruju qo‘ygan sobiq politsiyachi (Sergey Puskepalis) yordam beradi. Politsiyachi bu yerga kelgan muhojirlarni, ayol esa ichkilikbozlarni yoqtirmaydi, lekin ular birgalikda ajoyib jamoaga aylanishadi.

Ravshana Kurkova — Ravshona Bahrom qizi Matchonova 1980-yilda Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Keyinchalik ularning oilasi Moskvaga ko‘chib ketgan. Ravshana 1992-yildan buyon kinoda suratga tushib keladi va u shu kungacha 50dan ortiq filmda rollar ijro etgan.

“Bu rol meniki bo‘lishi kerakligini darhol tushundim. Birinchidan, men o‘zbek tilini bilaman. Ikkinchidan, Moskvaga 1997-yilda kelganman va bu shaharda yashash oson emasligini juda yaxshi bilaman”, deydi Ravshana Kurkova.

Serialni suratga olish ishlari Moskva va Toshkentda bo‘lib o‘tgan.

"Bizning hovlimizda esa" seriali premyerasi 29-may kuni Moskva vaqti bilan soat 21:35da Birinchi kanalda bo‘lib o‘tadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0