TOShKENT, 24-may — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bugun MDH mamlakatlari xavfsizlik va maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bishkekda MDH mamlakatlari xavfsizlik va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 42-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuv chog‘ida Qirg‘iziston rahbari MDH mamlakatlari xavfsizlik va maxsus xizmatlari rahbarlarini qutladi va ularga xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Almazbek Atambayev MDH hududidagi xavfsizlik va barqarorlik maxsus xizmatlarning o‘zaro hamkorligiga bog‘liq ekanligini va faqatgina birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali zamonaviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish mumkin ekanligini qayd etdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.