TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yil 25-26 may kunlari Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
TIV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yig‘ilishda MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya poytaxti Moskva shahrida bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.