TOShKENT, 23-maya — Sputnik.Rossiya IIV rahbarining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. Bugun Vladimir Kolokolsev Toshkentda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Rossiya IIV rahbari ushbu yilning 5-aprelida imzolangan, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtincha ishga jalb qilish hamda migratsiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqidagi shartnomalarini amalga oshirishning muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
"Rossiya IIVining O‘zbekistonda vakolatxonasi tashkil qilish hamda uningn faoliyati haqida aholiga ma’lumot tarqatish masalasiga alohida e’tibor berildi", — deb xabar qilmoqda Rossiya IIV matbuot xizmati.
Kolokolsevning so‘zlariga qaraganda, tez orada noqonuniy migratsiyaga qarshi
Rossiya II vaziri bu boradagi hamkorlikni ShHT Hududiy Aksilterror Tuzilmasi doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Uchrashuv doirasida Rossiya va O‘zbekiston vazirliklari orasida 2017-2018 yillardagi hamkorlik Protokoli imzolandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.