Islom birdamligi o‘yinlarining hayratomuz yopilish marosimi

Obuna bo‘lish
2017 yilning 12-22 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Bokuda Islom birdamligi o‘yinlari yakunlandi. Sportning 20 turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda 57 mamlakatdan 3 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu o‘yinlarda Turkiya, Ozabayjon va Erondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Kecha 22-may kuni Bokuda IV Islom birdamlik o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim juda yorqin va chiroyli shou bilan yakunlandi. Ozarbayjon prezidenti rafiqasi Mehriban Aliyeva yopish so‘zi aytib OLimpiada tashkilotchilari va barcha tashrif buyurganlarga minnatdorchilik bildirdi.

Navbatdagi Islom birdamligi o‘yinlari 2021-yilda Turkiyada bo‘lib o‘tadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0