Farg‘ona vodiysida o‘lchami Monako bilan teng qadimiy shahar qoldiqlari topildi

© Andijonsadosi.uzIstoriyu drevnego goroda Mingtepa v Uzbekistane perepisali arxeologi
Istoriyu drevnego goroda Mingtepa v Uzbekistane perepisali arxeologi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik olimlar xitoylik hamkasblari bilan birgalikda ikki yillik izlanishlardan so‘ng Buyuk ipak yo‘lining qadimiy manzilgohini topishdi

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston arxeologiya instituti va Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi arxeologiya instituti olimlari Mingtepa shaharchasidagi ikki yillik qazishma ishlari natijasida Monako davlati bilan teng — maydoni 2 kvadrat kilometrlik qadimiy shaharni topishdi.

Mingtepa arxeologik yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
Mingtepa yodgorligi turistlar uchun ochiladi

Bu haqda Dailysabah nashriga tayanib Nuz.uz xabar berdi.

Shaharda shuningdek, maqbara va ustaxona qoldiqlari topilgan.

Arxeologlar ushbu shaharni Buyuk ipak yo‘lidagi zotdor otlari va bekatlari bilan mashhur bo‘lgan Dayyuan davlati bilan bog‘liq muhim aholi punkti deb atashmoqda.

Andijon viloyatining Marhamat tumani hududida joylashgan Mingtepa shahri qadimiy Dovon mamlakatining poytaxti bo‘lgan. O‘zbekiston va Xitoy olimlari bir necha yillardan buyon mazkur qadimiy shaharda qazuv ishlarini olib borishmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0