TOShKENT, 22-may — Sputnik. Ukraina chegara xizmati 12 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Tojikiston fuqarosini, Qrim yarim oroliga tashrif buyurgani uchun Ukrainaga kiritmadi. Undan tashqari ularga Ukraina hududiga kirishga 3-yilgacha ta’qiq qo‘yildi, RIA Novosti xabariga asosan.
"Chongar" nazrat punkti chegarachilari Ukraina qonunlarini buzgani uchun yana bir guruh fuqarolarga Ukraina hududiga kirishni ta’qiqladi. 12 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Tojikiston fuqarosi okkupatsiya qilingan yarim oroldan piyoda chiqib kelishgan", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil Ukrainada bo‘lib o‘tgan hukumat almashuvidan keyin, Qrimda umumxalq referendumi o‘tkazilgan edi. Referendumda Respbupika aholisining 95,6 % Rossiya Federatsiya tarkibiga qo‘shilish tarafdori bo‘lishgan edi.
Ukraina haligacha Qrimni o‘ziga tegishli hudud va Rossiya yarim orolni okkupatsiya qilmoqda deb hisoblaydi.