Afg‘on urushi veteraniga medallar 30-yil o‘tib topshirildi

© SputnikVruchenie nagrad voinu-afgansu
Vruchenie nagrad voinu-afgansu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda jang qilgan internatsional jangchi Rinat Xo‘jayevga jangovar mukofotlar 30-yil o‘tib topshirildi. SSSR Oliy Soveti tomonidan mukofotlangan jangchiga, yaralanish tufayli o‘sha vaqtlarda medal topshirilmay qolgan.

TOShKENT, 20-maya — Sputnik. Bugun Toshkentda afg‘on urushi veterani, Rinat Xo‘jayevga “Jasurlik uchun” hamda “Jangovar xizmatlari uchun” medallari topshirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Mukofotlarni O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasining harbiy attashesi Sergey Chernishev shaxsan o‘zi topshirdi. U Rinat Sayfullayevichni tabriklab, Rossiya prezidenti V. Putin imzolagan guvohnomalarni topshirdi.

© Sputnik/ Stringer“Jasurlik uchun” va “Jangovar xizmatlari uchun” medallari
Medali Za otvagu i Za boyevie zaslugi vruchili veteranu afganskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
“Jasurlik uchun” va “Jangovar xizmatlari uchun” medallari

Rinat Xo‘jayev 1989-yilning 25-iyulida SSSR Oliy Soveti tomonidan “Jangovar xizmatlari uchun”, 1991-yilning 28-noyabrida esa “Jasorat uchun” medallari bilan mukofotlangan.

“Meni “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlashlarini topshiriqqa chiqishdan oldin bilgan edim, chunki bu juda murakkab operatsiya edi. Umumiy hisobda ushbu topshiriq besh kun davm etdi. Keyin biz batalonga qaytdik. Ikkinchi “Jasurlik uchun” medali esa Afg‘onistondan chiqish oldidan topshirilgan vazifa uchun bo‘lsa kerak. Bizga kolonnani qo‘riqlash vazifasi topshirilgan edi. Kuchli otishmaga tushib qoldik, o‘shanda men bir necha kishining hayotini saqlab qoldim. Bilkim shuning uchun mukofotlashgandir”, — deb eslaydi afg‘on urushi qatnashchisi.

© Sputnik/ StringerRinat Xo‘jayev va boshqa veteranlar
Rinat Xodjayev poluchil dve nagradi - Sputnik O‘zbekiston
Rinat Xo‘jayev va boshqa veteranlar

Rinat Sayfullayevich aytishiga qaraganda, yaralangani tufayli uni avval Qunduzga gospitalga, keyin Qobulga, undan keyin esa Toshkentga  jo‘natishgan. Shuning uchun o‘sha vaqtlarda medallar o‘z egasiga topshirilmay qolgan. Oradan 30-yil o‘tib mukofotlar o‘z egasini topdi.

Sputnik muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda qahramon ushbu voqeadan hayratda ekanini aytdi va Rossiya elchixonasini, “Veteran” uyushmasini hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga minnatdorchilik bildirdi.

© SputnikRinat Xo‘jayev
Veteran voyni v Afganistane Rinat Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Rinat Xo‘jayev

“Menga ushbu mukofotlar va o‘sha kunlar xotirasi  juda ardoqli. Afsuski mening ko‘plab jangovar o‘rtoqlarim o‘sha urushdan qaytib kelishmadi. Barcha janglarda qatnashib uyiga qaytib kela olmaganlarga rahmat”, — dedi Rinat Xo‘jayev, ko‘z yoshlarini yashira olmay.

Harbiy odatga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan sarg‘ayib ketgan mukofotlarni aroq bilan “yuvishdi”, marosimga kelgan boshqa vetranlar uch karra “ura” deb baqirishdi.

© SputnikAfg‘on urushi veteranlari
Veterani voyni v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on urushi veteranlari

 

Yangiliklar lentasi
0