TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 2017-yil 21-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etadi.
"Davlatimiz rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan shu yilning 19-20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lishi haqida xabar bergan edik.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.