Rossiya O‘zbekistonga xalol mahsulot yetkizib beradi

© Sputnik / Asel MinbayevaSotrudnitsa rossiyskogo kolbasnogo sexa Gulsen Badayeva
Sotrudnitsa rossiyskogo kolbasnogo sexa Gulsen Badayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik halol mahsulot ishlab chiqaruvchilar O‘rta Osiyo mamlakatlari bozorlariga ulkan qiziqishi bor ekan.

TOShKENT, 18-maya — Sputnik, Asel Minbayeva. Qozonda bo‘lib o‘tgan Russia Halal Expo ko‘rgazmasida istalgan turdagi go‘sht mahsulotlarini topish mumkin: bu yerda parhez kurka go‘shtidan tansiq ot go‘shtigacha bor. Xaridorlarning esa keti uzilmaydi.

Sotuvchilar aytishiga qaraganda “Halol” belgisi qo‘yilgan mahsulotlarni faqat musulmonlar emas, ko‘pchillik sotib olishga tayyor. Go‘shtni qayta ishlash korxonasi menedjeri Guzali Xarullovaning fikriga ko‘ra, buning sababi, odamlarni “halol” mahsulotlarining yuqori sifatli ekanligidir.

© Sputnik / Asel MinbayevaGo‘shtni qayta ishlan korxonasi xodimi Guzali Xarullova
Menedjer po razvitiyu rossiyskogo masopererabativayushego predpriyatiya Guzali Xarullova  - Sputnik O‘zbekiston
Go‘shtni qayta ishlan korxonasi xodimi Guzali Xarullova

“Halol mahsulotlarning asosiy belgisi, bu – uarning sifatidir. Olimlar aniqlashiga qaraganda, musulmoncha uslubda, qonini to‘liq chiqarib so‘yilgan jonivor go‘shti – odam organizmi uchun eng foydali go‘sht ekan”, — deydi Xarullova.

Halol kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex xodimi Gulsen Badayeva, mahsulot narxi 5-10% qimmat bo‘lishiga qaramasdan, Belorussiyaga halol mahsulotlar yetkizib berish hajmi oshayotganini qayd etdi.

“Ularning o‘zlari bizning mahsulot bilan qiziqib, murojaat qilishdi. Biz Qozog‘istonga ham eksport qilamiz. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonda ham musulmon aholi ko‘p bo‘lgani tufayli, bizning u mamlakatlar bozorlariga ham qiziqishimiz bor”, — dedi Badayeva.

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRussia Halal Expo ko‘rgazmasi
Otkritie vistavochnoy ekspozitsii RUSSIA HALAL EXPO v ramkax IX Mejdunarodnogo ekonomicheskogo sammita Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit 2017 v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Russia Halal Expo ko‘rgazmasi

Agrofirma menedjeri Ayrat Gatiyatullin ham O‘rta Osiyo aholisiga parhez kurka go‘shti yetkizib berishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya korxonalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan  raqobat qilishga tayyor.

“Biz Qozog‘iston bozoriga diqqat bilan qarayapmiz, undan keyin Qirg‘izistonga. U yerning bozorini bo‘sh deb bo‘lmaydi, lekin biz u yerga bormoqchimiz. Har bir mahsulotning o‘z xaridori bor”, — deyidi tadbirkor.

© Sputnik / Asel MinbayevaAyrat Gatiyatullin - agrofirma menedjeri
Menedjer agrofirmi Ayrat Gatiyatullin  - Sputnik O‘zbekiston
Ayrat Gatiyatullin - agrofirma menedjeri

“Halol” standartini saqlash bo‘yicha Nazorat bo‘limi direktori Alimjan Galeyev aytishiga qarganda, Rossiyada mahsulot haqiqatdan ham musulmonlar talabiga javob berish-bermasligini aniqlash uchun juda katta ishlar qilinmoqda.

“Buning uchun nafaqat tayyor mahsulotlar balkim ishlab chiqarish sharoitlari ham nazorat qilinmoqda. Rastalarda “halol” belgisi qo‘yilgan mahsulotlar laboratori tekshiruvidan o‘tkazilmoqda”, — deydi Galeyev.

© Sputnik / Asel MinbayevaOlimjon Galeyev - “Halol” standartini saqlash bo‘yicha Nazorat bo‘limi direktori
Direktor otdela po nadzoru za soblyudeniyem standarta Xalyal Mejdunarodnogo Sentra standartizatsii i sertifikatsii Xalyal Soveta muftiyev Rossii Alimdjan Galeyev  - Sputnik O‘zbekiston
Olimjon Galeyev - “Halol” standartini saqlash bo‘yicha Nazorat bo‘limi direktori

Galeyev aytishiga qaraganda, ba’zan umuman musumonlar talabiga javob bermaydigan mahsulotlar ham uchrab turadi. Bunday mahsulotlar haqida musulmonlarni ogohlantirish uchun maxsus sayt ham ishlab turibdi.

Russia Halal Expo ko‘rgazmasi "Rossiya — islom dunyosi: KazanSummit" Xalqaro iqtisodiy sammiti doirasida o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0