Ekspert: O‘rta Osiyo energiya halqasining qayta tiklanishi - bu juda yaxshi xabar

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishBaza stroiteley Verxne-Narinskogo kaskada GES
Baza stroiteley Verxne-Narinskogo kaskada GES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertlar fikriga ko‘ra, O‘rta Osiyo suv energetikasi umumiy quvvati yiliga o‘rtacha 430-460 milliard kilovatt-soatni tashkil qiladi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Ostonada yaqinda imzolangan shartnomaga ko‘ra Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston O‘rta Osiyo energiya halqasini qayta tiklashga kelishib olishdi.

O‘rta Osiyo energiya haqlasining qayta tiklanishi bu juda yaxshi xabar deb hisoblaydi O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘yicha ekspert Andrey Zaxvatov.

"Energiya halqasini qayta tiklash haqidagi shartnoma — bu juda yaxshi yangilik. Aslida, buni bir necha yil oldin amalga oshirish kerak edi. Bunga kuz va qish vaqtida energiya defitsiti his qilayotgan Tojikiston ko‘proq muhtoj. Qirg‘iziston ham Tojikistondan yoz oylarida elektr energiyasi sotib olishga muhtoj", — deydi ekspert.

Sanoati izchil rivojlanib borayotgan O‘zbekistonga ham qo‘shimcha elektr quvvatiga ehtiyoj sezmoqda. Yoz oylarida uni Tojikistondan sotib olishi mumkin.

Andrey Zaxvatov - O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘yicha ekspert
Andrey Zaxvatov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Andrey Zaxvatov - O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘yicha ekspert
"Yagona energiya halqasini tiklash uchun kamida 2-yil vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun Tojikistonda bu yilgi qish mavsumida ham elektr energiyasi taqchilligi sezilib turadi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, O‘rta Osiyo suv energetikasi umumiy quvvati yiliga o‘rtacha 430-460 milliard kilovatt-soatni tashkil qiladi.

Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Zaxvatov: obshaya energosistema svajet Dushanbe, Tashkent i Bishkek

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0