Bugun “Orzu layneri” Nyu Yorkka birinchi parvozini amalga oshiradi

© Stringer SputnikUzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner
Uzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 18-may kuni O‘zbekiston Havo yo‘llari Boeing 787 Dreamliner samolyotida Toshkent-Riga- Nyu York-Toshkent yo‘nalishidagi birinchi parvozini amalga oshiradi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Milliy aviakompaniya xabariga ko‘ra, yangi samolet Toshkentdan Rigaga — 20-30 minut tezroq, Nyu-Yorkka — bir soat tezroq yetib borish imkonini beradi.

Boeing 787 Dreamlinerning ilk parvozini Milliy aviakompaniya uchuvchilar otradining 4 ekipaji amalga oshiradi.

Samolyot 246ta o‘rindiqqga ega. Ulardan 24 tasi biznes va 222 tasi ekonom klass toifasiga ega.  Boeing 787 Dreamliner saloni dizayni mutlaq zamonaviy yondashuv asosida ishlangan bo‘lib, yo‘lovchilarga uzoq parvoz davomida barcha qulayliklarni yaratilgan.  Qulay va keng o‘rindiqlar, har bir yo‘lovchi uchun alohida monitorlar, havoni namlab turuvchi uskunalar, yangi sahn qoplamlari, yoritish va shovqin o‘tkazmaydigan tizimlar yo‘lovchilar parvozini maroqli o‘tkazish imkonini beradi.

© Uzbekiston xavo yullariBoeing 787 Dreamliner saloni
Salon Boeing 787 Dreamliner  - Sputnik O‘zbekiston
Boeing 787 Dreamliner saloni

Eslatib o‘tamiz, milliy aviakompaniya Boeing 787 Dreamliner samolyotini 2016-yil sentabr oyidan boshlab tijorat foydalanishni boshladi. Bugungi kunda "Orzu layneri"lari Dubay, Istambul, Tel-Aviv, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Ushbu yilning 27-iyulida O‘zbekistonning milliy aviatashuvchisi tarixda ilk bor Toshkentdan Nyu Yorkka uzluksiz parvozni amalga oshiradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

© Sputnik / StringerBoeing 787 Dreamliner saloni
Torjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Boeing 787 Dreamliner saloni

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0