"Oʻzbekiston" telekanali Xalqaro press klub yigʻilishini toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etdi

© Sputnik / AlexTikhomirovJonli efir
Jonli efir - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Matbuot anjumanda Oʻzbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. "Oʻzbekiston" telekanali ilk bor Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan Halqaro matbuot klubi yigʻilishi jarayonini toʻgʻridan toʻgʻri namoyish qildi, deb xabar berdi "Uz24uz" nashri.

Xabarga koʻra, yigʻilishda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raisi Sherzod Shermatov va "Oʻzbektelekom" bosh direktori Shuhrat Qodirov ishtirok etgan.

Matbuot anjumanida Oʻzbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Yigʻilish boshida Halqaro elektraloqa ittifoqi bosh kotibi Chjao Xoulin videomurojaati ishtirokchilarga namoyish etilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0