Hodisalar

Afgʻonistonda qurollangan shaxslar teleradiokompaniya binosiga hujum qildi

© WAKIL KOHSAR / AFPAfgʻoniston xavfsizlik kuchlari
Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Soʻnggi xabarlarga koʻra, Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari tomonidan 4 qurollangan shaxsdan 2 nafari oʻldirilgan va 1 kishi qoʻlga olingan. Ayni vaqtda 1 kishi qarshilik koʻrsatmoqda. Sogʻliqni saqlash departamenti vakili soʻzlariga koʻra, qurolli xujum oqibatida 24 kishi shifoxonaga yotqizilgan

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Afgʻonistondagi Jalolobod shahri davlat teleradiokompaniya maʼmuriy binosiga bugun nomaʼlum shaxslar tomonidan hujum uyushtirildi. Ayni vaqtda hujumchilar va davlat xavfsizlik kuchlari oʻrtasida jang olib borilmoqda. Bu haqda Tolo News xabar bermoqda.

Dunyoda
Politsiya va armiya tayyorlashda Afgʻoniston Rossiyadan yordam soʻradi
Xujum mahalliy vaqt bilan soat 10.00lar chamasi Nangarxar provintsiyasi markazida amalga oshirilgan. Bu hududda provintsiyaning koʻplab maʼmuriy binolari joylashgan.

Provintsiya hokimiyati vakili Otoulo Xogia soʻzlariga koʻra, qurollangan shaxslar Jalolobod shahrida Afgʻoniston davlat telekanali binosiga bostirib kirishgan.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda telestantsiya binosida otishma boʻlyapti.

Shuningdek, bino yaqinida portlash ovozi eshitilgan.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari tomonidan 4 qurollangan shaxsdan 2 nafari oʻldirilgan va 1 kishi qoʻlga olingan. Ayni vaqtda 1 kishi qarshilik koʻrsatmoqda. Sogʻliqni saqlash departamenti vakili soʻzlariga koʻra, qurolli xujum oqibatida 24 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0