TOShKENT, 16-may — Sputnik. Sinoptiklar xabariga ko‘ra, kelayotgan uch kun davomida O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Sharqdan esgan shamol tezligi 5-10 m/s bo‘lib, gohida 12-17 m/sgacha kuchayishi mumkin. Havoning o‘rtacha harorati kunduzi 30-32 gradus issiq bo‘lib, tunlari 17-23 gradusgacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkentda 16-19 may kunlari havo harorati tunda +17…+20, kunduzi +25…+32 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momoqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu munosabat bilan FVV aholini sel kelish xavfi borligi haqida ogohlantiradi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.