TOShKENT, 15-may — Sputnik. Bolgariyada o‘tkazilgan chorvadorlar festivali doirasida qo‘yni kim tezroq qaychilashiga bag‘ishlangan musobaqa o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Festival 12-maydan 14-mayga qadar bo‘lib o‘tgan. Qo‘ylarning yungini qaychilash musobaqalarida Eldos Alisherov va Botirbek Akmatovlar ishtirok etishgan, deb xabar qildi nashr.
Qirg‘iziston fuqarolari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar.
Eldosga 100, Botirbekka esa 50 yevro pul mukofoti topshirilgan.
"Men festivalda bunday musobaqalar bo‘lishini bilmagandim, shuning uchun tayyorgarlik ham ko‘rmaganman, ammo o‘z kuchimni sinab ko‘rishga ahd qildim. Bu musobaqada oltita davlatdan chorvadorlar qatnashdilar, men uchinchi o‘rinni egalladim. Ertasi kuni yana bir fermerimiz Eldos Alisherov ikkinchi o‘rinni oldi", deb hikoya qilgan Akmatov.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.