Mirziyoyev xitoylik tadbirkorlardan mamnunligini qayd etdi

© Jason Lee/Pool Photo via APO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekindagi muzokaralar vaqtida
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekindagi muzokaralar vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Xitoyga safari davomida XXR ishbilarmon doiralari bilan uchrashdi. O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan xitoylik ishbilarmonlarga minnatdorlik bildirib, aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini qayd etdi

TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi, deb xabar berdi "Jahon" AA.

Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy bilan “Qamchiq-2” tunneli qurish haqida shartnoma imzolandi
Muloqotda O‘zbekistonda XXRning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, neft-gaz va telekommunikatsiya tarmoqlari, transport, to‘qimachilik, sayyohlik, qurilish, kimyo sanoatida va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

"Bu yerda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilib kelayotgan ishbilarmonlarni ko‘rayotganimdan xursandman. Biz xitoylik tadbirkorlar bilan birga ishlashdan mamnunmiz", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev shuningdek, Xitoy biznes subyektlari O‘zbekistondagi ko‘plab yangi sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganini qayd etgan.

Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritgani barchamizni xursand qiladi, deb qayd etgan O‘zbekiston rahbari.

Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyning Markaziy Osiyo infratuzilmasiga sarmoya kiritishdan maqsadi nima
2013-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston – Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parki – "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasi o‘zaro hamkorlikning yuksak namunasi ekanligi ta’kidlandi. Bu yerda mobil telefonlar, tikuv mashinalari, qurilish materiallari, quyosh kollektorlari va boshqa raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, texnikaviy, energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshirishga oid masalalar xususida so‘z yuritildi.

Mirziyoyev bugungi kunda O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan xitoylik ishbilarmonlarga minnatdorlik bildirdi, aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraisi Men Szen Chju, "COFCO" korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Chjao Shuanlyan, Xitoy davlat taraqqiyot banki vitse-prezidenti Chjan Suguan, Xitoy Eksimbanki vitse-prezidenti Sun Pin, "Poli interneshnl" kompaniyasi bosh direktori yordamchisi Mao Szechun va boshqalar O‘zbekiston bilan hamkorlik yuqori natijalar berayotgani, bundan keyin ham o‘zaro aloqalarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0