O‘zbekiston fuqarolari yaponiyaga ijtimoiy sohada ishlash uchun yuboriladi

© Sputnik / Yevgeniy Koktish / Mediabankka o‘tishSestra miloserdiya uxajivayet za bolnoy
Sestra miloserdiya uxajivayet za bolnoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mehnat vazirligida Yaponiya delegatsiyasi bilan fuqarolarni kunchiqar mamlakatning ijtimoiy muassasalariga ishga yollash haqida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. O‘zbekiston Mehnat vazirligida Yaponiya delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyada ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

“ChuoSangyoShinko” assotsiatsiyasi direktori Kazumi Maeda,  «ThreeConcierCo., Ltd.» prezidenti janob Xaruki Komine, «Kinunokai» ijtimoiy ta’minot korporatsiyasi direktori janob Masao Otani, «Medical Brain Co., Ltd.» kompaniyasi prezidenti Xirokazu Kimura, «WolfArden» korporatsiyasi menedjeri Xidemichi Ota hamda “PRIEM” ijtimoiy ta’minot koproratsiyasi mnedjeri Tatsuki Kimuralardan iborat bo‘lgan Yaponiya delagatsiyasi bilan uchrashuv Mehnat vazirligida 13-may kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomonidan uchrashuvda Mehnat vaziri A. Abduhakimov, Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi rahbari X.Asamov hamda boshqa ma’sul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda, O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyaning yirik ijtimoiy ta’minot kompaniyalariga ishga jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Farg‘ona vodiysida Yaponiyada ishlash uchun kadrlar tayyorlov markazi ochish masalasi ham muhokama qilindi.

© Mehnat vazirligiO‘zbekiston Mehnat vazirligi va Yaponiya delegatsiyasi uchrashuvi
O‘zbekiston Mehnat vazirligi va Yaponiya delegatsiyasi uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Mehnat vazirligi va Yaponiya delegatsiyasi uchrashuvi

Uchrashuv doirasida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Mehnat vaziri A. Abduhakimov O‘zbekiston va Yaponiya orasida o‘zaro ishonch va hurmat hamda ochiqlikka asoslangan suhbat o‘rnatilganini va ushbu suhbat munosabatlarni chuqurlashtirishga xizmat qilayotganini xabar qildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Yaponiya mehnat bozorini kerakli kadrlar bilan ta’minlashi mumkinligi ta’kidlandi. Shu o‘rinda Germaniya  mehnat bozorni kerakli kadrlar bilan ta’minlayotgan Turkiya sifatida ko‘rsatildi va bunday hamkorlik ikkala mamlakat iqtisodi uchun ham foydali bo‘lgani ta’kidlandi.

Yaponiya tomoni o‘z navbatida tashkil qilingan ushbu uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirdi va Yaponiya bozorida haqiqatdan ham kichik tibbiy personal kadrlari kerakligini ta’kidladi. Undan tashqari Yaponiya 2017-yilning noyabriga qadar Yaponiya ijtimoiy tashkilotlariga 35 nafar, yil oxirigacha esa 1000 nafar O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishga tayyor ekanini ta’kidlashdi.

O‘zbekiston Mehnat vazirligi Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligiga qisqa vaqt ichida kadrlar yollay boshlashni topshirdi. Kadrla tanlash Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada ishlash uchun tibbiy malakadan tashqari Yapon tilini bilish darajasi 4 dan kam bo‘lmasligi kerak. Yaponiyaga yuborilishidan oldin fuqarolar Agentlik tomonidan tashkil qilingan maxsus tayyorlov kurslaridan o‘tishadi.

Yaponiya delegatsiyasi tashrif doirasida Toshkentdagi “Saxovat” qariyalar uyiga ham tashrif buyurishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0