Belorussiya korxonasi O‘zbekistonda temir qo‘yish sexi quradi

© Sputnik / Drachev / Mediabankka o‘tishStaleliteyniy sex
Staleliteyniy sex - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaning ilmiy-texnik bosqichi ushbu yilning oxiriga qadar yakunlanadi.

TOShKENT, 14-maya — Sputnik. Belorussiyaning BELNIILIT ilmiy-texnologik instituti hamda “O‘zagrotexsanoatxolding” O‘zbekistonda Qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarish uchun, birinchi avtomatik temir quyish sexni ishga tushiradi, deb xabar qildi Sputnik  muxbiriga “O‘zagrotexsanoatxolding” rahbari Nodir Otajonov.

Uning so‘zlariga qaraganda, xolding quyish sexi tashkil qilishning bir necha imkoniyatlarini o‘rganib chiqqan. Masalan, oldin ushbu imkoniyat Koreyaning  Hanwoo kompaniyasi bilan tashkil masalari ko‘rib chiqilgan edi. Lekin, natijada ushbu sohada ulkan tajribaga ega bo‘lgan, Belorussiya kompaniyasi bilan shartnoma imzolashga qaror qilindi.

“Qo‘yish sexi ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning eng chuqur bosqichi hisoblanadi va qishloq xo‘jalik texnikasinig tannarxini tushirib, yuqori ustama qo‘yish imkonini beradi. Bugungi kunda BELNIILIT ushbu loyihaning texnik  hujjatlarini ishlab chiqqan. Loyiha yil oxirigacha to‘liq tayyor bo‘lishi kerak”, — dedi Nodir Otajonov.

Undan tashqari, xolding vakili so‘zlariga qaraganda, qo‘yma detallar ishlab chiqarishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” bilan ham hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yilmoqda. Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2013-yilda umumiy qiymati 150 million dollar bo‘lgan quyish-mexanika sexini ishga tushirgan edi. Ushbu sex temir yo‘l transporti uchun quyma mahsulotlar ishlab chiqaradaigan O‘rta Osiyoda yagona korxonadir.

“Bugungi kunda biz 1 mingtadan ortiq quyma detallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirib olishimiz kerak. Belorussiyaliklar bilan qurayotgan loyihamiz bularning hammasinpi baribir qoplay olmaydi, shuning uchun temiryo‘lchilar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz”, — dedi Otajonov.

Quyish sexida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga baho berish uchun "Uzagrotexsanoatxolding" Italiya va Koreya kompaniyalarini taklif qilgan. Eslatib o‘tamiz, biroz oldin ushbu loyihaning umumiy qiymati 15 mln dolllar, ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming tonna deb e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0