Toshkentda Xalqaro oila kuniga bag‘ishlab ayollar velomarafoni o‘tkaziladi

© IA "Jaxon"/ Anvar IlyasovVelomarafon na prazdnike sporta v Tashkente
Velomarafon na prazdnike sporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosib o‘tiladigan umumiy masofa 5 kilometr bo‘lib, velomarafonga ertalab soat 10da Abdulla Qodiriy ko‘chasida start beriladi

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Toshkentda 13-may kuni "Sog‘lom ayol — sog‘lom avlod" an’anaviy bahorgi ayollar velomarafoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UNFPA (BMT aholi fondi)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmatiga tayanib Podrobno.uz xabar bermoqda.

V stolitse Uzbekistana sostoyalsya blagotvoritelniy marafon - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi ommaviy marafondan videolavha

Velomarafon har yili 15-may kuni nishonlanadigan Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Unda 18-30, 31-45 va 45 yoshdan yuqori toifalarda xotin-qizlar ishtirok etadi. Bosib o‘tiladigan umumiy masofa 5 kilometr bo‘lib, velomarafonga ertalab soat 10da Abdulla Qodiriy ko‘chasida start beriladi.

Marafon g‘oliblarni qutlash marosimi hamda san’atkorlarning chiqishlari bilan nihoyasiga yetadi. O‘zbekistonlik ayrim estrada yulduzlari va taniqli sportchilari ham velomarafonda qatnashishadi.

Ayollar marafoni O‘zbekiston velosport federatsiyasi va UNFPA hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0