O‘zbekiston va Xitoy iqtisodiy va madaniy aloqalarni 1992-yildan boshlagan. Bugungi kunda ikki mamalkatning tovar ayrboshlash hajmi 4 mlrd dollardan oshgan. O‘zbekistonda 700 dan ortiq Xitoy sarmoyalari ishtirokida tashkil qilingan korxonalar faoliyat yuritmoqda. Kelajakda ikki mamlakat o‘zaro savdo hajmini 20 mlrd $ ga yetkizmoqchi.
O‘zbekiston va Xitoyning madaniy munosabatlari ham izchil rivojlanmoqda. Xususan, Xitoyda O‘zbekistonni o‘rganish instituti hamda Alisher Navoiy va Bobur haykallari o‘rnatilgan. O‘zbekistonda ham doimiy ravishda Xitoy madaniyati kunlari o‘tkazib turiladi. Undan tashqari Samarqand va Toshkentda Konfutsiy institutlari ochilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.