TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rafiqasi Ziroatxon Hoshimova hamrohligida tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Juftlikni Shoudu xalqaro aeroportida tantanali ravishda harbiy qorovul kutib oldi.
Ushbu davlat tashrifi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga asosan amalga oshirilmoqda.
Tashrifning asosiy qismi 12-13 may kuni o‘tkazish rejalashtirilgan. Mirziyoyev Xitoy Halq Respublikasi rahbari Si Szinpin, Bosh vazir Li Ketsan, Umumxitoy yig‘ilishi xalq vakillarining doimiy ko‘mitasi raisi Chjan Deszan va boshqalar bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Uchrashuvlar kun tartibiga ikki davlat o‘rtasida istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va qo‘shma investitsion loyihalarni muhokama qilish masalalari ko‘yilgan.
Mazkur tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida bir qator savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy yo‘nalishlarda shartnoma va bitimlarni imzolash rejalashtirilgan.
Tashrif 15-may kuni yakunladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.