Rossiya elchisi: O‘zbekiston o‘z o‘g‘lonlari bilan mag‘rurlanishi mumkin

© Press-slujba Posolstva RF v TashkentePosol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev na priyeme v chest 9-maya
Posol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev na priyeme v chest 9-maya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
9 May kuni arafasida Toshkentdagi Rossiya elchixonasida 100ga yaqin urush va mehnat faxriylari uchun tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 8-maya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev 9-May arafasida Urush va Mehnat faxriylarini Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 72-yilligi bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu munosabat bilan, Toshkentdagi Rossiya elchixonasida tantanali qabul bo‘lib o‘tdi. Unga 100ga yaqin urush va mehnat faxriylari taklif qilindi. Ularga murojaat qilar ekan, Rossiya elchisi ushbu kun barcha uchun muqaddas va alohoda ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

“Bizni, mashhur va noma’lum qahramonlarning muqaddas xotirasi, siz — hurmatli urush qatnashchilariga va mehnat faxriylariga bo‘lgan ulkan minnatdorchilik hamda g‘oliblar avlodi oldida birgalikda bosh egish tuyg‘usi — birlashtirib turadi. Sizning qahramonligingiz — avlodlar tinch va munosib hayot kechirishi uchun, ijod bilan olg‘a  yurishi uchun — imkon yaratdi. Muqaddas G‘alaba kunining asosiy qahramoni — sizlar”, — dedi elchi.

Diplomatning so‘zlariga qaraganda oradan 72-yil o‘tishiga qaramasdan, har yili ushbu kunda, barcha o‘sha Urushni xotirlaydi. Ushbu Urush bizni aqlimizni uyg‘otib, javobgarlikka chaqiradi. O‘shanda dunyo qanday jar yoqasiga kelib qolganini ko‘rsatadi. Zo‘ravonlik, millatchilik va irqchilik qanday mudhish oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol namoyish qiladi.

© SputnikUrush faxriylari Rossiya elchixonasidagi qabulda
Veterani VOV na torjestvennom priyeme v posolstve RF - Sputnik O‘zbekiston
Urush faxriylari Rossiya elchixonasidagi qabulda
“Ko‘p millatli xalq o‘z ona yeri erkinligi chun kurashdi. Urushning barcha og‘ir sinovlaridan o‘tdi va birgalikda unutilmas ulkan g‘alabaga erishdi. Mashhur qo‘shiqda aytilganidek – ular hech narsani ayamasdan, barcha uchun yagona bo‘lgan g‘alabani  qo‘lga kiritishi”, — dedi Turdenev.

Elchi aytishiga qaraganda, Ulug‘ Vatan urushi faxriylari qayerda yashamasin, Rossiya ularning bardoshini, qahramonligini va front aka-ukachiligini unutmaydi.

Turdenev aytishiga qaraganda, O‘zbekiston o‘z o‘g‘lonlarining nafaqat urushdagi, balkim front ortidagi qahramonliklari bilan mag‘rurlanishi mumkin. Urushda Kamoljon Turg‘unov – Pavlov Uyi himoyasida qahramonlik ko‘rsatgan bo‘lsa, front ortida Shoaxmad Shomaxmudov turli millatga mansub 15 yetim bolani asrab olib katta qilgan. Uning qahramonligi ko‘p milatli xalqning birdamligi timsoliga aylangan.

“Biz  siz bilan faxrlanamiz va Ulug‘ Vatan urushi haqidagi haqiqatni asrab qolamiz. Biz o‘zimizning tinch va erkin hayotimiz uchun sizning avlodingiz oldidan qarzdor ekanimizni unutmaymiz”, — dedi Vladimir Turdenev barcha faxriylar oldida bosh egib.   

“Vaqt xotiradan ko‘p narsalarni o‘chirishi mumkin, lekin o‘z jonini ayamasdan, Yer sharida tinchlikni saqlab  qolgan, insoniyatni fashizmdan asrab qolib, kelajak avlodlarga hayot berganlar  qahramonligi  - avlodlar xotirasida abadiy bo‘ladi”,  - dedi Turdenev.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

© SputnikUrush faxriylari Rossiya elchixonasidagi qabulda
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni na priyeme v Posolstve RF - Sputnik O‘zbekiston
Urush faxriylari Rossiya elchixonasidagi qabulda
Yangiliklar lentasi
0