TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 May – Xotira kunida Toshkentdagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Ushbu an’anaviy rasmiy marosimda, shuningdek, urush va mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari va xorijiy diplomatlar ishtirok etishdi.
Prezidentga vazirlar va hukumat vakillari hamrohlik qilishdi. Marosim harbiy orkestr sadolari ostida bo‘lib o‘tdi.