Toshkent ko‘chalari kuchli yomg‘ir sababli suvga to‘ldi

© Nuz.uzUlisi Tashkenta zatopilo
Ulisi Tashkenta zatopilo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtdagi 20dan ortiq yirik yo‘llar butkul suv ostida qoldi

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Shanba kuni kunduzi boshlangan kuchli yomg‘ir Toshkent shahridagi ko‘cha va yo‘laklarning suv bilan to‘lishiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Poytaxtdagi 20dan ortiq yirik yo‘llar butkul suv ostida qoldi.

© Sputnik / StringerToshkent ko‘chalarini suv bosdi
Livni priveli k podtopleniyu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalarini suv bosdi

Bunday hodisa 2014-yilning may oyida sodir bo‘lgandi. O‘shanda 16 soatga yaqin tinmay yomg‘ir yog‘ishi natijasida Toshkentdagi ko‘plab ko‘chalar ko‘l va irmoqlarga aylangandi. Sinoptiklarning aytishlaricha, bunday tinimsiz jala quyishi 5-7 yilda bir sodir bo‘larkan.

Mamlakatda bunday holat so‘nggi marta 1998-yil may-iyuni va 2010-yil iyunda kuzatilgan.

Gidrometeorologiya markazining xabariga qaraganda, 7 va 8-may kunlari ham yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0