Migrantlar Rossiyada eng ko‘p yo‘l qo‘yadigan xatolar bu migratsiya kartasini noto‘g‘ri to‘ldirish, o‘z vaqtida yashash joyida ro‘yxatdan o‘tmaslik va patent to‘lovidagi qarzdorliklardir. Xorij fuqarosi maxsus ruxsatnomasiz ishlagani uchun unga jarima solinishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.
Shuningdek, hujjatlarni "tez va arzon" tayyorlab berishni taklif qiluvchi shubhali kompaniyalarga ishonmaslik kerak. Faqatgina IIV rasmiy tuzilmalari va migratsiya markazlari orqali hujjat rasmiylashtirish ishga joylashish uchun kafolat bo‘ladi.
Rossiyaga kirishi ta’qiqlanganlar ro‘yxatiga tushib qolmaslik va firibgarlarning qurboniga aylanmaslik uchun infografikamiz bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.