"Rohat" aylanmasida yangi bog‘lanma yo‘lni qurish ishlari shu yildan boshlanadi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishYo‘l bog‘lanmasi.
Yo‘l bog‘lanmasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi ko‘prik yo‘l tarmog‘ining loyihasi bedapoya bargi shaklida tayyorlangan. Hozirgi kunda kelgusi oylarda qurilish ishlarini boshlash va zarur bo‘lgan mablag‘ni ajratish masalalari muhokama qilinmoqda

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkent hokimiyati Yashnobod tumanida "Rohat" aylanmasi deb atalmish yo‘lda yangi bog‘lanma ko‘prik yo‘l tarmog‘ini barpo etish masalasini o‘rganib chiqmoqda. Qurilish ishlarini shu yilda boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiriga Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi xodimi xabar berdi.

Tashkentskaya kolsevaya jeleznaya doroga, proyekt - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent tezurar halqa temir yo‘lining videosi paydo bo‘ldi
Qo‘mita vakilining so‘zlariga ko‘ra, bedapoya bargi shakliga o‘xshash bo‘lgan ko‘prik yo‘l tarmog‘i loyihasi tayyorlangan. Hozir qurilish ishlarini kelgusi oydan boshlash va mablag‘ ajratish masalalari muhokama qilinmoqda.

"Biz mazkur loyihani ikki bosqichda amalga oshirishni rejalashtirdik. Bu juda katta ish xajmi bilan bog‘liq. Chunki yo‘l tarmog‘iga ulangan Chirchiq darosi bo‘ylab yangi ko‘prik barpo etiladi. Eski ko‘prik esa demontaj qilinadi. Birinchi bosqichda bedopoya bargi shaklidagi yo‘lning bir qismi barpo etiladi. Bu yo‘l tarmog‘i Quyliq bozori yo‘lidan "Krestik" deb atalmish chorahagacha bo‘lgan yo‘nalishdagi yo‘l qismi hisoblanadi", — deb ta’kidladi qo‘mita vakili.

Ikkinchi bosqichda esa Chirchiq darosi orqali o‘tadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlanadi va unga bog‘langan yo‘l qismi rekonstruksiya qilinadi. Parallel ravishda yo‘lning qolgan qismini barpo etish ishlari olib boriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0