Sport

Mirjalol Qosimov "Bunyodkor" bosh murabbiyi etib tayinlandi

© fcbunyodkor.com / Mirjalol Qosimov
Mirjalol Qosimov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bunyodkor futbol klubi murabbiylik shtabida oʻzgarishlar amalga oshirildi. Sergey Lushchan oʻz arizasiga binoan murabbiylikdan ozod qilindi

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Sergey Lushan ishdan boʻshatildi. Bu haqda klub rasmiy saytida maʼlum qilindi.

Rasmiy bayonotga koʻra, jamoaning joriy mavsum OCHL va oliy ligadagi natijalari qoniqarsiz deb topildi.

Bunyodkor FK - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"Bunyodkor" futbol klubi rahbariyati oʻzgardi
Bugun, 5 may kuni "Bunyodkor" klubiga Mirjalol Qosimov yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

Maʼlumot uchun, Mirjalol Qosimov 2015 yilning yozida MTJ murabbiyligidan isteʼfoga chiqarilgan edi.

"Bunyodkor" jamoasining endilikd sobiq murabbiyi Sergey Lushchan oʻz arizasiga binoan murabbiylikdan chetlatildi. Lushchan rahbarligi ostida Bunyodkor 122 ta uchrashuv oʻtkazgan, 63tasini gʻalaba, 27 tasini durrang natija bilan yakunlagan.

32ta oʻyinda esa magʻlubiyatga uchragan. Sergey Ivanovich oʻz faoliyatini Bunyodkor futbol maktabida davom ettirishi ehtimoli mavjud, deyilgan xabarda.

Lushchan bilan birgalikda Muhiddin Ortiqov ham bosh jamoani tark etgani maʼlum qilindi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0