TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkentdagi restoranlardan biri Vito Karleone filmidan lavha aks ettirilgan reklamani Facebook sahifalarida chop etgach, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi restoran egalariga xat yo‘lladi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, Multi MaFé restoranlar majmuining ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan reklamasida rejissor Frensis Ford Kopolla tomonidan yaratilgan gangsterlar haqidagi eng mashhur film nomini qozongan — "Cho‘qintirgan ota" kartinasidan lavha ishlatilgan.
O‘zbekiston qonunchiligiga binoan, agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‘xshatma qilish); jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanishreklamada boshqa mahsulot reklamasida ishlatilgan matn, musiqa yoki tovush effektlarini ko‘chirish yoki o‘xshatib ishlash man etiladi.
Mana shu normalardan kelib chiqqan holda Davlat raqobat qo‘mitasi restoran majmuasi manziliga xat yo‘llagan va ushbu reklama O‘zbekiston qonunchiligiga to‘g‘ri kelmasligini aytib o‘tgan. Mana shundan so‘ng "Cho‘qintirgan ota" filmidan lavha ishlatilgan reklama internet tarmoqlaridan olib tashlangan.