O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilyapti

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishYomg‘ir
Yomg‘ir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
6-9 may kunlari O‘zbekistonda momaqaldiroq bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, 8-9 may kunlari esa havo 35 daraja isiydi

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Sinoptiklarning xabar berishicha, O‘zbekistonda dam olish kunlari havo issiq bo‘ladi, ammo respublika bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 6-7 may kunlari ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 8-may yog‘ingarchiliksiz kechadi. 9-may kuni ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi 12-17 darajani tashkil qiladi, 6-7-may kunlari kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi, 8-9-may kunlari 30-35 darajagacha isiydi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 6-7 may kunlari ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 8-may kuni kechasi va ertalab ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchiliksiz kechadi. 9-may kuni ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi 12-17 daraja atrofida bo‘ladi. Kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 6-7-may kunlari ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi kutlmoqda. 8-may kuni yog‘ingarchiliksiz kechadi. 9-may kuni ayrim tumanlarda yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi 13-18, 6-7-may kunlari kunduzi — 27-33, 8-9-may kunlari 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 6-7 may kunlari ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 8-may kuni kechasi va ertalab ayrim tumanlarda yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi, kunduzi esa yog‘ingarchiliksiz kechishi kutilmoqda. 6 va 9-may kunlari kunduzi 27-32, 7-8-may kunlari 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, 5-7 may kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi kuzatiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0