Ruslan Chagayev O‘zbekistonga keldi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRuslan Chagayev i Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov
Ruslan Chagayev i Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim xabarlarga qaraganda, u o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Andijon shahrida bo‘lib turibdi

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Professional boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Instagramdagi MMA_Uzbekistan sahifasi bokschining O‘zbekistonda olingan suratini joylashtirgan.

Ruslan Chagayev Uzbekistonga keldi ✅@ruslanchagaev

Publikatsiya ot UZBEKISTAN MMA▫️BOXING (@mma_uzbekistan) May 3 2017 v 6:40 PDT

"Ruslan Chagayev O‘zbekistonga keldi", deyiladi suratga izohda.

Ayrim xabarlarga qaraganda, u o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Andijon shahrida bo‘lib turibdi.

Ruslan Chagayev 1978-yilda Andijonda tug‘ilgan bo‘lib, havaskor bokschilar o‘rtasida ikki marta jahon chempioni, Osiyo chempioni hisoblanadi.

U shuningdek, professional boksda ham faoliyat olib borgan bo‘lib, afsonaviy bokschi Nikolay Valuyevni mag‘lubiyatga uchratib, WBA yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0