“Xalqlar do‘stligi” yodgorligi qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

© nuz.uzMontaj monumenta "Drujba narodov" v novom meste
Montaj monumenta Drujba narodov v novom meste - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shomaxmudovlar oilasi timsolida yaratilgan “Xalqlar do‘stligi” yodgorligi yana shahar markaziga qaytmoqda.

TOShKENT, 3-may – Sputnik. “Xalqlar do‘stligi” yodgorligi Xalqlar do‘stligi (sobiq Bobur) bog‘ida o‘rnatilmoqda. Ayni damda yodgorlikni o‘rnatish uchun qurilish ishlari olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

Yodgorlik bog‘dagi “Dunyo qo‘ng‘irig‘i”ning o‘ng tarafida joylashgan bo‘ladi.

Yodgorlikni yangi joyga o‘rnatish Murad Tamir Servisi kompaniyasiga topshirilgan. Kompaniya bosh injeneri Xidir Boboqulov aytishiga qaraganda, yangi joyda yodgorlikka to‘rt tarafdan kelish mumkin bo‘ladi va u to‘rt tomondan yoritiladi.

Boboqulov aytishiga qaraganda yodgorlik 7-mayga qadar o‘rnatib bo‘linadi va shu kunning o‘zidayoq uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2008-yilda shahar chetiga ko‘chirilgan yodgorlik bugun yana shahar markaziga qaytmoqda. Aslida “Xalqlar do‘stligi” yodgorligi 1982-yilda “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldidagi maydonda o‘rnatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0