Toshkentdan uy sotib olish huquqi qachon beriladi?

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rivojlanishing beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida, viloyatlik fuqarolarga Toshkentdan uy sotib olish va doimiy ro‘yxatdan o‘tish imkonini berish masalasi muhokama qilinmoqda.

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish Hukumat portalida ikki qonun loyihasi jamoatchilik e’tiboriga chiqarilgan.

Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert O‘zbekistondagi "milliy sharmandalik" haqida

Ulardan biri, viloyatliklarga Toshkentdan yangi uy sotib olish orqali, doimiy ro‘yxatdan o‘tish imkonini berish haqida. Ya’ni, viloyatlik fuqarolar Toshkenda yangi qurilgan uylardan qiymati eng kam ish haqining 2 ming barobariga teng bo‘lgan uy sotib olganda, ularga Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tish imkonini berish haqida.  

Ikkinchisi, yangi uy sotib olgan fuqarolar uy oldi-sotdi shartnomasi umumiy qiymatining 5% miqdorida soliq to‘lashi haqida. Ushbu huquqiy hujjat loyihasi O‘zbekiston Soliq kodeksining bir necha bandiga o‘zgarishlar kiritishni nazarda tutgan.

Portalda xabar berilishiga ko‘ra, ushbu ikkala huquqiy hujjat ham 10-may kuni Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan. Kuchga kirish muddati esa — 1-iyuldan rejalashtirilgan.  

Bugungi kunda O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tishi juda mushkul, buning iloji yo‘q desa ham bo‘ladi.

Kecha, 2-may kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan anjumanda O‘zbekiston Ichki Ishlar vaziri Abdusalom Azizov buni yana bir bor tasdiqladi.

“Viloyatliklar Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tishi mumkin, faqat oldin qabul qilingan barcha qarorlarga amal qilingan holda”, — dedi vazir.

“Barcha qarorlar” deganda Vazirlar Mahkamasining 41 sonli va 336 sonli qarorlari shartlari nazarda tutilgan. Ya’ni, Toshkentda faqat quyidagi toifa fuqarolar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

  • Prezident devoni, Oliy Majlis, MXX, Vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va qonun tomonidan sanab o‘tilgan 59 ta tashkilot xodimlari;
  • Toshkentda doimiy ro‘yxatda turgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i yoki eng yaqin qarindoshlari (ota-onasi, farzandi);

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda doimiy ro‘yxatda turmagan fuqarolar Toshkentdan uy sotib olish huquqiga ega emas. Yangi ro‘yxatga olingan fuqarolarga ham 3-yilgacha bunday huquq berilmaydi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0